1

AQShda alligator suv tagiga tortib ketgan bolaning jasadi topildi

Dunyo 16.06.2016, 11:21
AQShda alligator suv tagiga tortib ketgan bolaning jasadi topildi

Florida hukumati bolaga hujum qilgan alligatorni topib, yo`q qilishga qaror qildi, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri.

Qidiruv operasiyasi ishtirokchilari Orlando shahridagi Walt Disney World ko`ngilochar majmuasida alligator suvga tortib ketgan ikki yoshli bolaning jasadini topishdi. Bu haqda Orinj okrugi sherifi Jerri Demings matbuot anjumanida ma`lum qildi. 

“Jasad g`avvoslar tomonidan suv tagidan topildi. Hozirda jasad tibbiy ekspertizaga yuborilgan”, dedi sherif Jerri Demings. 

Demingsning aytishicha, bolaning ismi Leyn Greyvs bo`lgan. Uning ota-onasi Mett va Melissa Greyvs Floridaga dam olish uchun Nebraska shtatidan kelgan. Seshanba, alligator hujum qilgan kuni bola Walt Disney World mehmonxonalaridan birining oldidagi ko`l bo`yida sayr qilgan. Bolaning otasi uni alligatordan qutqarishga harakat qilgan, ammo yarador bo`lgan, alligator esa bolani suv tagiga tortib ketgan.

Florida shtati tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari Nik Uayeli matbuot anjumanida alligatorni topib, yo`q qilishga va`da berdi. Walt Disney World xodimlari kelajakda bunday halokatning oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlar ko`rishi lozimligini ta`kidladi. Xavfsizlik maqsadida hozirda kurortdagi barcha plyajlar yopilgan. 

Voqega OAVlar katta e`tibor qaratdi, bu hodisa shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Bolani qidirishda huquq-tartibot idoralarining 50 mingdan ortiq xodimi ishtirok etdi. Tadbirga dengiz piyodalarining vertolyotlari va gidroakustik uskunalari bo`lgan ikki bo`linmasi jalb qilingan.

Florida shtati tabiatni muhofaza qilish boshqarmasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, 2010 yilda alligator odamlarga 40 marotaba hujum qilgan bo`lsa, 2015 yilda esa ikki kishining halok bo`lishiga sabab bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1