Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti mart oyining eng yaxshi murabbiyi nomini e`lon qildi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta oy laureatiga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis qo`l ostidagi "to`pchilar" "Uotford", "Lester" va "Aston Villa"ni mag`lubiyatga uchratdi. Faqatgina "Liverpul"ga qarshi qoldirilgan o`yinda g`alaba qozondi.
Arteta ushbu sovrin uchun kurashda "Tottenhem" ustozi Antonio Konte, "Liverpul" murabbiyi Yurgen Klopp, "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel hamda "Lester" ustozi Brendan Rodjersni ortda qoldirgan.






