AsosiySport

“Navbahor” va “Paxtakor” o`yinidan so`ng futbolchilar o`rtasida katta janjal bo`ldi

'“Navbahor” va “Paxtakor” o`yinidan so`ng futbolchilar o`rtasida katta janjal bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida futbol tugaganidan so`ng janjal yuzaga kelganligi aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 aprel kuni soat 19:00da poytaxtimizning “Paxtakor” stadionida O`zbekiston chempionati musobaqasi doirasida Toshkentning “Paxtakor” va Namangan viloyatining “Navbahor” jamoalari o`rtasida futbol uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv yakunlanganidan so`ng “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari futbolchilari o`rtasida o`zaro kelishmovchilik kelib chiqdi.

Ushbu kelishmovchilik, xizmatga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib, ommaviy tartibbuzarliklarning oldi olindi.
Hozirda holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar