Bu haqda sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, unda erkaklar 7 ta, ayollar esa 6ta vazn toifasida g`oliblik uchun bahs olib borishadi
2024 yili Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qiladigan XXXIII yozgi Olimpiya o`yinlarining boks bo`yicha musobaqalari uchun vazn toifalari aniqlandi.
Kuni kecha Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) ushbu xabarni keng ommaga e`lon qildi. Unga ko`ra, erkaklar o`rtasidagi bahslarda vazn toifalari soni bittaga kamaygan. Ayollar o`rtasida esa aksincha, yana bitta vazn qo`shilgan.
IBA ma`lumotiga ko`ra, Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlarida bokschilar quyidagi vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi:
Erkaklar: -51 kg, -57 kg, -63,5 kg, -71 kg, -80 kg, -92 kg, +92 kg.
Ayollar: -50 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -66 kg, -75 kg.
Ma`lumot uchun: Tokio Olimpiadasida erkaklar 8 ta, ayollar esa 5 ta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishgandi. O`zbekiston esa erkaklar o`rtasidagi bahslarda to`liq tarkibda qatnashgan bo`lsa, yana uch nafar qizimiz ham Tokio-2020 olimpiadasi yo`llanmasini qo`lga kiritishgan edi.






