AsosiySport

Oksana Chusovitina Jahon kubogini qo`lga kiritdi

'Oksana Chusovitina Jahon kubogini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Bu safar afsonaviy sportchimiz Jahon kubogi bosqichi g`olibligi bilan bir qatorda Jahon kubogini ham qo`lga kiritdi

Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tmoqda. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz, gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina yana bir karra dunyo ahlini hayratga solib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.

Yaqinda 47 yoshga qadam qo`yadigan Chusovitina tayanib sakrash mashqi bo`yicha o`tkazilgan final bahslarida 13,266 ball bilan 1-o`rinni egalladi. Keyingi o`rinlarni mos ravishda Vengriya vakilasi Mariya Ksenje Bakskay hamda sloveniyalik Tesha Belak qo`lga kiritishdi.

Jami to`rt bosqichdan iborat bo`lgan ushbu musobaqaning uchta bosqichida qatnashib, ularda ikkita oltin va bitta kumush medalga sazovor bo`lgan O`zbekiston sport gimnastikasi faxri bo`lgan Oksana tayanib sakrash yo`nalishida Jahon kubogi sohibasiga aylandi. Ta`kidlash joiz, ushbu yo`nalishda hamyurtimizga teng keladigan raqib topilmadi. Bundan tashqari Chusovitina qimmatli reyting ochkolarini ham qo`lga kiritdi.

 

    Boshqa yangiliklar