AsosiySport

Zaynab Dayibekova jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritdi

'Zaynab Dayibekova jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatining dastlabki kuni vakillarimiz uchun omadli o`tdi.

Qizlar o`rtasida sablya dasturida bahs olib borgan jamoamiz etakchisi Zaynab Dayibekova bronza medalini qo`lga kiritdi. Yarim finalda amerikalik Magda Skarbonkevishga qarshi bahsda vakilamiz imkoniyatni boy berib qo`ydi. Biroq ushbu bosqichgacha etib kelgani unga bronza medalini taqdim qiladi.
Shuningdek, bugun kun davomida Sherzod Mamutov, Pozilbek Genjebaev, Boburjon Rasulov kabi vakillarimiz ham o`z chiqishlari bilan yaxshi taassurot qoldirishdi.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Zaynab Dayibekova va O`zbekiston qilichbozlik federasiyasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi,– deyiladi qo`mita matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar