"Shunaqangi minnatdorman", -dedi murojaat bilan kelgan ayol ko`zida yosh bilan.
Jahongir Ortiqxo`jaev ayni kunlarda hokim o`rinbosarlari va sektorlar rahbarlari bilan mahallalar hayoti, aholi turmush tarzi va muammolarini o`rganmoqda.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko`ra, Ortiqxo`jaev boshchiligidagi mutasaddilar kecha Yunusobod tumanining "Bog`i eram" mahallasidagi holat, o`zgarishlar va muammolarni tahlil qilishdi.
Shu erning o`zida Yunusobod tumani aholisi uchun sayyor qabul ham tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari ko`rib chiqilgani aytiladi.
Xususan, hokim sayyor qabuldagi ayol oldida o`zidan oldingi hokimlar va o`zi nomidan o`zr so`radi.
Ortiqxo`jaev, shuningdek, 3 nafar imkoniyati cheklangan bolalarni asrab olib, ularni sport musobaqalarida chempion bo`lishiga sabab bo`lgan ayolga 3 xonali uy va`da qildi.
"1 haftada 3 xonali kvartira beriladi, o`zlarining nomiga o`tkazib beramiz",-deydi hokim.
Bundan ta`sirlangan ayol ko`z yoshlarini yashira olmadi.
"Shunaqangi minnatdorman",-deydi u quvonch yoshlari bilan.