Erebatan sardobasi Istanbulning Evropa tomonida joylashgan bo`lib, shaharning eng katta yopiq sardobasi hisoblanadi. Ayasofiya binosining janubi-g`arbidagi kichik bir binodan kiriladigan sardoba ko`plab ustunlardan iborat bo`lib, inshootning ust qismi pishiq g`ishtdan qurilgan.
VI asrda Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan qurilgan bu katta er osti sardobasi suvning ustiga qurilgan va son-sanoqsiz ko`rinishga ega bo`lgan marmar ustunlar tufayli xalq orasida “Erebatan saroyi” deb ham ataladi. Sardoba, yaqinida bazilika bo`lganligi tufayli Bazilika sardobasi sifatida ham nom qozongan.
Qadimda shaharning suvga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qurilgan sardoba bugungi kunda garchi suvi bo`lsa ham tarixiy obida sifatida muhofaza qilinadi va Istanbulga kelgan turistlar eng ko`p tashrif buyuradigan joylardan biri hisoblanadi. Eski davrlarda Vizantiya imperatorlarining buyruqlari bilan aholining suvga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Istanbulning turli joylarida suv sardobalari qurilgan.
Vizantiya davrida bu hududda katta maydonni egallagan va imperatorlar va aholi istiqomat qilgan buyuk saroyning suv ehtiyojlarini qondirgan Erebatan sardobasidan, Usmoniylar tomonidan 1453 yilda Istanbul fath qilinganidan keyin ham bir muddat foydalanilgan va sultonlar yashagan To`pqopi saroyi bog`lariga suv etkazib berilgan. Sardobadagi suv Jebejiko`y va 19 km uzoqlikdagi Belgrad o`rmonlaridan olib kelingan.

Islom ahkomlarining tozalik tamoyillariga ko`ra turg`un suv o`rniga oqar suvni afzal ko`rgan Usmoniylar, shaharda o`z suv inshootlarini qurganlaridan keyin undan foydalanilmagan.
Sardoba tashkil etilganidan buyon bir necha marta ta`mirlangan. Usmoniylar imperiyasi davrida ikki marta ta`mirlangan sardobani birinchi marta III Ahmet davrida (1723) Kayseriyalik arxitektor Mehmet og`a ta`mirlagan. Ikkinchi ta`mirlash esa sulton Abdulhamid II davrida (1876-1909) amalga oshirilgan.
Turkiya Respublikasi davrida sardoba 1987 yilda Istanbul munisipaliteti tomonidan tozalanganidan so`ng ziyoratchilarga ochilgan va sardoba ichida diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun platforma qurilgan. Sardoba, 1994 yilda yana bir tozalik va rekonstruksiyadan o`tkazilgan.
Erebatan sardobasining uzunligi 140 metrni, kengligi 70 metrni, balandligi esa 8 metrni tashkil qiladi. Umumiy maydoni 9800 m2 bo`lgan ushbu sisterna taxminan 100 000 tonna suv saqlash imkoniyatiga ega. 52 pog`onali tosh zinapoyadan tushiladigan bu sardoba ichida har biri 9 metr balandlikda 336 ta ustun o`rnatilgan bo`lib, bir-biridan 4,80 metr oraliq masofalar bilan qad rostlagan ustunlar har biri 28 ta ustundan iborat 12 qatorni tashkil qiladi.
Qurilishda eski ustunli toshlardan foydalanish bugungi kunda ham o`zining ajoyib ko`rinishini saqlab qolishga yordam beradi. Qurilish jarayonida 7000 qul ishlagan sardoba 38 yilda qurib bitkazildi. Ustunlardagi ko`z yoshlari esa mish-mishlarga ko`ra, sardoba qurilishida halok bo`lgan qullarga ishora qiladi.
Sukunat va eng muhimi biroz salqinlikni his qilishingiz mumkin bo`lgan sardobadan bugungi kunda muzey sifatida foydalanilmoqda. Sardobaga har yili ko`plab horijlik va mahalliy sayyohlar tashrif buyurishadi. Erebatan sardobasi muzey sifatida foydalanishdan tashqari turli hil konsertlar va ko`rgazmalarga ham mezbonlik qiladi.
Bugungi kunda sardobadagi suvda baliqlar ham bo`lib, u o`zining ajoyib atmosferasi va o`ziga xos tarixiy tuzilishi bilan tashrif buyuruvchilarni hanuzgacha hayratda qoldirib kelmoqda.
Istanbul sayohat dasturlarining ajralmas qismi bo`lgan bu sirli maskanga AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton, Gollandiya bosh vaziri Vim Kok, Italiya sobiq tashqi ishlar vaziri Lamberto Dini, Shvesiya sobiq bosh vaziri Goran Persson va Avstriyaning sobiq bosh vaziri Tomas Klestil kabi ko`plab taniqli shaxslar ham tashrif buyurgan.
Erebatan sardobasi muzey sifatida foydalanishdan tashqari turli xil konsertlar va ko`rgazmalarga ham mezbonlik qiladi.
Bugungi kunda sardobadagi suvda baliqlar ham bo`lib, u o`zining ajoyib atmosferasi va o`ziga xos tarixiy tuzilishi bilan tashrif buyuruvchilarni hanuzgacha hayratda qoldirib kelmoqda.
Istanbul sayohat dasturlarining ajralmas qismi bo`lgan bu sirli maskanga AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton, Gollandiya bosh vaziri Vim Kok, Italiya sobiq tashqi ishlar vaziri Lamberto Dini, Shvesiya sobiq bosh vaziri Goran Persson va Avstriyaning sobiq bosh vaziri Tomas Klestil kabi ko`plab taniqli shaxslar ham tashrif buyurgan.
Sardobasining kashf etilishi
Istanbulning zabt etilishidan bir muddat o`tib baliqchilar tomonidan kashf etilgan sardoba bugungi kunda ham tarixiy obida sifatida diqqat markazida. "Yig`layotgan ustun" deb ham ataladigan ko`z yoshi ustuni doimiy nam bo`lishi tufayli yig`lash tasvirini beradi. Ko`z yoshi ustunining orqasida tilaklar hovuzi joylashgan.
Sardobaga tashrif buyurganingizda, o`zingizni ekskursiyada suv ustida yurgandek his qilishingiz mumkin. Sardobadagi baliqlar esa rang-barangligi bilan kelganlarni maftun etadi. Sardobaga kirgan zahoti, birinchi qadamdanoq tarixga qaytgandek his qilib, yanada ishonchli qadamlar bilan yurishni davom ettirishingiz mumkin. Ustunlarning joylashishi yoritish tizimi tufayli ajoyib muhit yaratadi. Ikki imperiyaga guvoh bo`lgan Erebatan sardobasi, o`zining tarixiy xususiyatlari, sirli toshlari va ustunlari bilan bugungi kunda eng ko`p tashrif buyuriladigan muzeylardan biri bo`lib qolmoqda.