AsosiySport

Levandovski “Barselona”ga o`tishga rozilik bergani aytilmoqda

'Levandovski “Barselona”ga o`tishga rozilik bergani aytilmoqda'ning rasmi

“Bavariya” to`purari Robert Levandovski “Barselona”ga o`tishga rozilik berdi, deb xabar tarqatmoqda Ispaniyaning Sport.es sayti.

Manbaning ma`lum qilishicha, Myunxen klubi mutasaddilari polshalik hujumchisiga kelasi yili yakunlanadigan hamkorlik bitimini atigi bir mavsum uzaytirishni taklif qilgan. Bu taklif Levandovskini qoniqtirmadi va u Ispaniya chempionatiga ko`chib o`tish rejasini amalga oshiradigan bo`ldi.

Avvalroq, “Barselona” ham yozgi transferlar vaqtida hujum chizig`ini Muhammad Saloh yoki Robert Levandovski bilan kuchaytirishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

To`purarlik mahoratini bir necha mavsumdan beri uzluksiz namoyish qilib kelayotgan Levandovskining transfer summasi 50 million evroga baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar