AsosiySport

O`zbekistonlik bokschilar Ruminiyaga jo`nab ketishdi

'O`zbekistonlik bokschilar Ruminiyaga jo`nab ketishdi'ning rasmi

Shu yilning 5-10 aprel kunlari Ruminiyaning Tirgu-Muresh shahrida boks bo`yicha Nikolae Linka xalqaro turniri bo`lib o`tadi. Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga ko`ra, ushbu musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham ishtirok etishadi.

Vakillar bahslarga quyidagi tarkibda yo`l olishdi:

-48 kg: Asilbek Jalilov,

-54 kg: Shahzod Muzaffarov,

-57 kg: Dilshod Abdumurodov,

-60 kg: Shunqor Abdurasulov,

-63,5 kg: Shoxruxbek Kenjaev,

-67 kg: Javlon Yuldashev,

-71 kg: Kamron Turg`unboev,

-75 kg: Saidjamshid Jafarov,

-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev,

-80 kg: Dilshod Ro`zmetov,

-80 kg: Odiljon Aslonov,

-86 kg: Timur Merjanov,

-92 kg: Diyor O`ralov,

+92 kg: Lazizbek Mullajonov,

+92 kg: Jahongir Zokirov.

Murabbiylar: Rahmatjon Ro`zioxunov, Farrux Qilichev, Abduvohid Jalolov, Alisher To`ychiev.

    Boshqa yangiliklar