Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashrida «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov haqida maqola e`lon qilindi. Unda futbolchining o`zi Rim klubidagi holati, «Rostov»dagi do`stlari bilan aloqalari haqida gapirib o`tdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
«Rus tili bo`yicha tajriba oshirishim uchun Rimda ham imkoniyat etarli. Mana misol uchun, Qirg`iziston bilan o`yinga agentim Qaxxor Mo`minov keldi. Rimda ham men bilan rus tilida gaplashuvchilar etarli. Misol uchun, Genrix Mxitaryan bilan ko`p suhbatlashamiz. Qolganlardan ham ko`ra u bilan ancha yaqinroqmiz.
— O`zbekiston — Eron uchrashuvida Sardor Ozmun bilan bir-biringizni rus tilida mazax qilganingizni eshitgandim.
Ha, shunday bo`lgandi. U biroz mendan yomonroq gapiradi. Italiyada esa «Atalanta» bilan o`ynagan vaqtimizda Miranchuk va Malinovskiy bilan gaplashib turamiz. Ular rostdan ham do`st.
— «Rostov»dagi jamoadoshlaringiz bilan gaplashib turasizmi?
Ha, Karpin bilan juda ko`p gaplashaman. Bu yil qishni u bilan Dubayda o`tkazdik. Ba`zida jamoadoshlarim bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashib turamiz. Oxirgi marta Pesyakov bilan suhbatlashdim. Hol-ahvol so`rashdik, hammaga salomimni etkazishini aytdim», — deya Shomurodovning so`zlarini keltirmoqda «Sport-Ekspress».






