AsosiySport

O`smir dzyudochilar o`rtasidagi bahslar yakunlandi

'O`smir dzyudochilar o`rtasidagi bahslar yakunlandi'ning rasmi

“Universal” sport majmuasida o`tayotgan dzyudo bo`yicha Uchqun Murodov xalqaro xotira turnirida o`smirlar o`rtasidagi bellashuvlar yakuniga etdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

 Ikkinchi kun dasturida o`rta va og`ir vazn toifalarida g`oliblar aniqlandi.

Kutilganidek, ushbu kun dasturida ham yosh polvonlarimiz o`zlarini har jihatdan yaxshi ko`rsata olishdi. Ayniqsa, tajribali murabbiylar qo`l ostida shug`ullanayotgan, kuchli maktabda etishib chiqqan dzyudochilarimiz ko`rsatgan yuqori texnika ko`pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Ikkinchi kun dasturida shohsupaga ko`tarilgan dzyudochilar:

-66 kg vazn toifasi
1. Abil Yusubov (Ozarbayjon)
2. Mate Gvelesiani (Gruziya)
3. Nurlibek Arginbek (Qozog`iston)
3. Jasurbek Shakarboev (O`zbekiston)

-73 kg vazn toifasi
1. Nahid Targuliev (Ozarbayjon)
2. Dosbol Balgabay (Qozog`iston)
3. Akbar Altay (Qozog`iston)
3. Giorgi Mishvelidze (Gruziya)

-81 kg vazn toifasi
1. Luka Kareleshvili (Gruziya)
2. Arman Bilalxanov (Qozog`iston)
3. Askar Birjanov (Qozog`iston)
3. Egor Rakov (Qozog`iston)

-90 kg vazn toifasi
1. Alisher Samanov (O`zbekiston)
2. Boburjon Normurodov (O`zbekiston)
3. Farruh Madartov (O`zbekiston)
3. Abbos Shermahmatov (O`zbekiston)

+90 kg vazn toifasi
1. Giorgi Baduashvili (Gruziya)
2. Sherdor Rahmatov (O`zbekiston)
3. Soloyjon Bobojonov (O`zbekiston)
3. Alizan Nazimxanov (Qozog`iston)

-63 kg vazn toifasi
1. Marjona Nurilloeva (O`zbekiston)
2. Asal Karimjonova (O`zbekiston)
3. Layloxon Yo`ldosheva (O`zbekiston)
3. Farzona Yarasheva (O`zbekiston)

-70 kg vazn toifasi
1. Barchinoy Qodirova (O`zbekiston)
2. Tuygul Hamroeva (O`zbekiston)
3. Anastassiya Nagachevskaya (Qozog`iston)
3. Sevinch Mahmudjonova (O`zbekiston)

+70 kg vazn toifasi
1. Mohlaroyim To`xtamisheva (O`zbekiston)
2. Azhar Asxat (Qozog`iston)
3. Nargiz O`razbekova (Qozog`iston)
3. Sevinch To`raqulova (O`zbekiston)

Bugun musobaqada 20 yoshgacha bo`lgan dzyudochilar o`rtasidagi bahslarga navbat beriladi.

    Boshqa yangiliklar