Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashrida «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov haqida maqola e`lon qilindi. Ushbu maqolada futbolchi «Rostov»dagi dastlabki mashg`ulotlari haqida gapirib berdi.
— Karpin avvaliga seni O`zbekistonga qaytarib yubormoqchi bo`lgani haqida gapirgandi. Bu hazilmi?
— Yo`q, rost. Ta`tildan keyin birinchi mashg`ulotga yig`ilgandik, men uyda hech qanday mashg`ulot o`tkazmagandim, juda yomon formada etib kelgandim. Dastlabki mashg`ulot bahslarida juda yomon o`ynadim. Shu sababdan, u meni qaytarib yuborish haqida o`ylagan bo`lishi ham mumkin. Lekin keyinroq formamni tiklay boshladim va u menga boshqacha munosabatda yondashadigan bo`ldi.
Shuningdek, rahbariyat ko`proq o`yin amaliyotiga ega bo`lishim uchun meni ijaraga berib yubormoqchi ham bo`lgan. «Arsenal Tula» va «Tosno» aniq qiziqish bildirgan. Mirzov telefon qilib, ijaraga ko`chib o`tish haqidagi fikrimni so`ragan. Karpin esa meni olib qolgandi.
O`shanda o`zim uchun katta saboq chiqarganman. Endi doim ta`tilga mashg`ulot dasturi bilan ketib, unga to`liq amal qilaman», — deya 26 yoshli hujumchining so`zlarini keltirgan «Sport-Ekspress».






