AsosiySiyosat

O`zbekiston va Shvesiya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi

'O`zbekiston va Shvesiya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi'ning rasmi

Bugun, 8 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Shvesiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki mamlakat o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o`zaro tabrik almashdi.  

Kamilov maktubida O`zbekiston Shvesiyani Evropadagi ishonchli hamkor deb bilgan holda, ushbu mamlakat bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalarda uzoq muddatli va ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga katta ahamiyat berishi ta`kidlangan, deya xabar bermoqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.

Ta`kidlanishicha, Lindening maktubida davlatlar o`rtasidagi do`stlik va hamkorlik yuksak darajada ekanligi  qayd etilgan. Shuningdek, ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasida qator samarali muloqotlar amalga oshirilgani aytilgan.

    Boshqa yangiliklar