Sevara Nazarxonning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari xonandaning onalik baxtini tuyayotgani aks etgan suratlar bilan to`lib toshmoqda. Sevara qizi Imon Anvarning suratlarini muntazam internetga joylamoqda.

Sevara muxlislaridan birining “Ona bo`lish qiziqarlimi?” degan savoliga “Ha judayam” deb javob berdi.

Xonanda ayni paytda London shahrida oilaviy hordiq chiqarmoqda. Suratlarda Sevaraning qizi bilan London ko`chalarini sayr qilayotganini ko`rish mumkin.






