AsosiySport

Qilichbozlik bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi BAAda o`tkazilayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi

'Qilichbozlik bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi BAAda o`tkazilayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi'ning rasmi

BAAda qilichbozlik bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida jahon chempionati poyoniga etib bormoqda. Unda qatnashayotgan O`zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini tugatdi. Bu haqda Milliy Olimpia qo`mitasi xabar berdi.

Ma`lum qilganimizdek, bugun shpaga qurolida jamoaviy bahslar o`tkazilmoqda. Avstraliya va Janubiy Koreya termalarini mag`lub etgan qizlarimiz chorak finalda shvesiyalik raqiblariga qarshi maydonga chiqib, 34:43 hisobida imkoniyatni boy berib qo`yishdi. Eslatib o`tamiz, yigitlarimiz bugun saralashning ilk bosqichida bolgariyalik raqiblaridan mag`lub bo`lishgan edi.

Shu tariqa mazkur jahon chempionati sablya yo`nalishida qo`lga kiritilgan oltin va bronza medallari bilan tarixda qoladigan bo`ldi. Eslatib o`tamiz, musobaqaning dastlabki ikki kunida Zuhriddin Qodirov ushbu sport turida mamlakatimiz uchun jahon chempionatlaridagi dastlabki oltin medalni taqdim qilgan bo`lsa, Zaynab Dayibekova esa bronza medaliga chiqqan edi.

    Boshqa yangiliklar