AQSh prezidenti Jo Bayden Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoselektor yig`ilishida undan Rossiya nefti importini oshirmaslikni so`radi. Bu haqda Associated Press ma`lum qildi, deya xabar beradi Trend “Interfaks”ga tayanib.
Oq uy matbuot kotibi Yan Psakiga ko`ra, Bayden Vashington Nyu-Dehliga energiya ta`minotini diversifikasiya qilishda yordam berishi mumkinligini aytdi. Baydenning so`zlariga ko`ra, Rossiyadan neft va boshqa tovarlar importini oshirish Hindiston manfaatlariga to`g`ri kelmaydi, deya qo`shimcha qildi Psaki.
Avvalroq Hindiston Rossiya neftini etkazib berish hajmini oshirgan, garchi u uning asosiy importchisi bo`lmasa-da. Associated Press agentligining Hindiston OAVlariga tayanib xabar berishicha, Rossiya Hindistonga energiya resurslariga jahon narxlariga nisbatan 20% chegirma taklif qilgan.






