AsosiyJamiyat

Farmasevtika korxonalari bilan bog`liq 50 ga yaqin muammo mavjud

'Farmasevtika korxonalari bilan bog`liq 50 ga yaqin muammo mavjud'ning rasmi

Prezident topshirig`iga ko`ra barcha farmasevtika korxonalari bilan uchrashuvlar o`tkazildi. Ular tomonidan 50 ga yaqin muammo ko`tarildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Misol uchun:

- tibbiyot muassasalari tomonidan davlat xaridlarida dori vositalarini “savdo nomi” bilan joylashtirish, bir necha dorilarni bitta lotga qo`yish holatlari mavjud;

- mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliyotda 15 foizlik narx preferensiyasidan foydalana olmayapti;

- tashqi omillar hisobiga 150 turdagi aholi uchun kerakli dori vositalarida uzilish bo`lishi xavfi mavjud;

- korxonalar bilan mahsulotini 3 yil davomida kafolatli sotib olish (ofteyk) tizimini joriy qilish bo`yicha amaliy ishlar boshlanmadi.

Bundan tashqari, ichki bozorda qalbaki va kontrafakt dorilar sotilishiga haligacha barham berilgani yo`q.

Misol uchun, 2021 yilda 24 turdagi qalbaki, 400 turdagi sifatsiz, 1,5 mingdan ziyod nomdagi kontrafakt va 2,5 ming nomdagi ro`yxatdan o`tmagan dori va tibbiyot buyumlari savdosi aniqlangan.

Bosh prokuraturaga bu boradagi nazoratni kuchaytirishi zarurligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar