Yig`ilishda Investisiyalar loyiha markazi tomonidan ishlab chiqilgan 18 ta yirik istiqbolli loyiha bo`yicha investisiyalarni jalb qilish vazifasi qo`yildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Jumladan:
- Andijonda onkologiya va gepatitga qarshi dorilar bo`yicha Hindiston bilan;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yurak-qon tomir va nafas yo`llari, yuqumli kasalliklar bo`yicha Germaniya va Turkiya bilan;
- Namangan, Samarqand va Sirdaryoda tibbiy buyumlar bo`yicha Xitoy va Koreya bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish zarurligi ko`rsatib o`tildi.
Shu bilan birga, joylarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning infratuzilma bilan bog`liq muammolari ko`rib chiqildi. Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda kichik sanoat zonalarida infratuzilmani yaxshilashga ajratilgan mablag`lar hisobidan 50 milliard so`m yo`naltirish topshirildi.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi yangi loyihalarni moliyalashtirishga hamda aylanma mablag`larni to`ldirish uchun kreditlarga 1 mayga qadar 100 mln. dollar, 1 sentyabrga qadar yana 100 mln. dollar jalb qilish choralarini ko`radi.






