AsosiyJamiyat

Joriy yilda kafolatli xaridlarga 300 mlrd. so`m yo`naltiriladi – Prezident

'Joriy yilda kafolatli xaridlarga 300 mlrd. so`m yo`naltiriladi – Prezident'ning rasmi

Davlatimiz rahbari eksportning asosiy qismi (84 foizi) Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlariga to`g`ri kelayotganiga e`tibor qaratib, qolgan viloyatlarda ushbu ko`rsatkichlar qoniqarsiz ahvoldaligi tanqid qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bois, mutasaddilarga yil yakunigacha farmasevtika mahsulotlari eksportini 105 mln. dollarga etkazish vazifasi qo`yildi. Viloyat hokimlari loyihalarni amalga oshirishdagi tashkiliy masalalarni hal qilishga shaxsan mas`ul ekanliklari ta`kidlandi.

1 iyulga qadar talab yuqori bo`lgan 120 turdagi dori vositalarini  mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yil muddatga kafolatli xarid qilish bo`yicha shartnomalar tuziladi. Hozirgi kunda ushbu dorilar 300 mln. dollarga chetdan olib kelinmoqda.

Bunda, ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan 25 turdagi dorilar 1 iyuldan xarid qilinadi. Kelgusi yildan esa 70 turdagi dorilarni ishlab chiqarish va sotib olish yo`lga qo`yiladi. Bunda asosiy e`tibor onkologiya, gematologiya, endokrin va virusli kasalliklarni davolashga qaratiladi.

Joriy yilda kafolatli xaridlarga 300 mlrd. so`m yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar