AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 2 samolyoti Sochi aeroportiga qo`na olmadi

'O`zbekistonning 2 samolyoti Sochi aeroportiga qo`na olmadi'ning rasmi

Uchta samolyot kuchli shamol va yog`ingarchilik tufayli Sochi aeroportiga qo`na olmadi. Ekipajlar Mineralnie Vodi aeroportiga jo`nab ketishga qaror qilishdi, deb xabar bermoqda Sochi aeroporti matbuot xizmati.

“O`zbekiston havo yo`llari”ning Toshkentdan uchgan samolyoti kurort shahar aeroportiga yaqinlashganda, ortiga burilib, Mineralnie Vodi aeroporti tomon uchib ketgan. Namangandan Sochiga uchgan navbatdagi reys ham Sochi yaqinidagi muqobil aerodromga yo`l olgan. Keyinroq, Moskvadan uchgan “Aeroflot” reysi ham zaxira aerodromga yo`naltirilgan.

"Ob-havo barqarorlashishi va qo`nish sharoiti yaxshilanishi bilanoq reyslar belgilangan aeroportga etib boradi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar