AsosiyDunyo

Filippindagi suv toshqinlari oqibatida 28 kishi halok bo`ldi

'Filippindagi suv toshqinlari oqibatida 28 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Filippinda tropik yomg`irlar natijasida yuz bergan suv toshqinlari va ko`chkilar oqibatida 28 kishi halok bo`ldi. Bu haqda The New Daily xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Baybay shahri yaqinidagi to`rtta qishloqda sodir bo`lgan ko`chkilar natijasida 22 kishi halok bo`lgan, 20 kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Voqea joyiga qutqaruvchi guruhlar safarbar qilingan. 

Davao-de-Ora va Sharqiy Davao provinsiyalarida yuz bergan suv toshqinlari yana olti kishining umriga zomin bo`lgan. 

Ma`lumot berilishicha, 30 ming oila xavfsiz joylarga ko`chirilgan.

    Boshqa yangiliklar