AsosiyDunyo

Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida otishma sodir bo`ldi. Jarohat olganlar bor

'Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida otishma sodir bo`ldi. Jarohat olganlar bor'ning rasmi

Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida ikki davlat chegarachilari o`rtasida otishma sodir bo`ldi. Bu haqda Qirg`iziston davlat milliy xavfsizlik qo`mitasi chegara xizmati ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, Botken viloyatining Laylak tumani Selkana maskanida tojik chegarachilari Qirg`iziston chegarasini buzib o`tgan.  Qirg`iz chegarachilarining to`xtash to`g`risidagi talablariga bo`ysunmasdan, Qirg`iziston hududining ichkarisiga 20 metrgacha kirib borgan.

Natijada Qirg`iz chegarachilari "ogohlantiruvchi" sifatida o`q uzgan. Bunga esa tojik chegarachilari ham qirg`iz chegarachilariga qarata o`q uzgan", - deyiladi xabarda. 

Otishmalar oqibatida ikki tomondan ham jarohatlanganlar bor. Xususan 3 nafar tojik chegarachilari jarohatlangan. 

    Boshqa yangiliklar