Rossiyaning neft-gaz sektorini ham qamrab olishi mumkin bo`lgan Evroittifoqning yangi sanksiyalar paketi EI davlatlarining Ukraina bo`yicha yagona pozisiyasiga putur etkazishi mumkin. Bu haqda El Pais xabari asosida Zamon.uz xabar berdi.
Gazetaning diplomatik manbalarga asoslanib xabar qilishicha, neftga qarshi joriy etilishi mumkin bo`lgan embargo energetik qaramligi kuchli bo`lgan davlatlarning noroziligiga sabab bo`lmoqda. Dushanba kuni EI tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Evropa birligiga bu masala yuzasidan darz ketayotgani ayniqsa sezilgan.
Yangi sanksiyalar paketini qabul qilish tobora qiyin bo`lib borayotganini qayd etgan.






