AsosiyDunyo

Dog`istondan ilk marotaba Urganchga yangi aviareys yo`lga qo`yildi

'Dog`istondan ilk marotaba Urganchga yangi aviareys yo`lga qo`yildi'ning rasmi

"Redwings" aviakompaniyasi ilk bor Maxachqal`adan Urganch shahriga aviaparvozlarni yo`lga qo`ydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, birinchi reys 26 aprel, seshanba kundan amalga oshadi.

"Redwings" aviakompaniyasi Maxachqal`a va Urganch shahri o`rtasida parvozlarni yo`lga qo`ydi. Dog`iston poytaxtidan birinchi reys 26 aprelga rejalashtirilgan. Parvozlar har hafta ‘Sukhoi Superjet 100’ samolyotlarida amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Manbada aytilishicha, parvoz davomiyligi 1 soat 55 daqiqani tashkil qiladi. Urganchdan qarama-qarshi yo`nalishda parvoz chorshanba kuni amalga oshirilib, uning davomiyligi 2 soat 15 daqiqani tashkil qiladi.

Ma`lumot uchun, hozirda kompaniya Maxachqal`adan O`zbekistonning Toshkent, Buxoro va Namangan shaharlariga parvozlarni amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar