Ramazondagi saharlik yoki iftorliklarda tuxum eyish mumkinmi?
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, saharlik va iftorlikda tuxum eyish joiz. Chunki iftordan keyin ro`zador halol taomlardan xohlaganini eyishi mumkin, jumladan, tuxumni ham. Bu borada birorta ta`qiq yo`q. “Tuxum eb bo`lmaydi”, deyish uchun kamida bitta qat`iy dalil kerak. Bunday dalil esa yo`q.
Muhim jihati, asli halol narsani haromga chiqarish Alloh taoloning quyidagi buyrug`iga qarshi chiqishdir:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لَا تُحَرِّمُوا طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوا إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ
ya`ni: “Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo`ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi” (Moida surasi 87-oyat). Vallohu a`lam.
Manba: O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati.






