AsosiyJamiyat

YPX xodimi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik bo`yicha chora ko`radi

'YPX xodimi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik bo`yicha chora ko`radi'ning rasmi

Hukumat qarori (173-son, 12.04.2022 y.) bilan Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

️Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun to`xtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar bo`yicha chora ko`radi.  

Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo`yicha chora ko`rilgan.

Haydovchi YPX xodimining dislokasiyasi ko`chirmasi bilan o`sha joyning o`zida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi.

 Bunda dislokasiya bilan tanishish uchun saf bo`limiga murojaat etish orqali yozma ma`lumot olishni talab qilish mumkin.

Shuningdek, nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta`siridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.

 Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).

Tekshiruvda etanol bug` 0,135 milligramm va undan ko`p bo`lganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Transportlarning tusi o`zgartirilgan (tonirovka) oynalari me`yorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.

    Boshqa yangiliklar