AsosiyJamiyat

Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirildi

'Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirildi'ning rasmi

Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022 y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

  • 2010 yilgacha bo`lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
  • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar