Hukumat qarori bilan Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Ushbu nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta`siridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.
Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin.
Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).
Tekshiruvda etanol bug` 0,135 milligramm va undan ko`p bo`lganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, transportlarning tusi o`zgartirilgan (tonirovka) oynalari me`yorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.






