Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida 7 kilogramm vaznli qiz chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
– Chaqaloq kesarcha kesish amaliyoti orqali olindi. Onaning va chaqaloqning sog`lig`i yaxshi , – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sanat Qodirov.
Ta`kidlanishicha, u tug`ruq bo`limida tug`ilgan eng vazni katta chaqaloq. Bolaning onasi 24 yoshli ayol. Bu uning birinchi farzandi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval eng katta chaqloq 6 kg.dan ortiq, Farg`onada tug`ilgan edi.






