Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, taniqli davlat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar tomonidan do`st O`zbekiston xalqiga tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va taraqqiyot tilaklari izhor etilgan. Ushbu qutlug` kunlar mamlakatimiz va mintaqamizning butun musulmon ummatiga farovonlik va ravnaq olib kelishi alohida qayd etilgan.
Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
O`mon Sultoni Haysam bin Toriq;
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa;
Iordaniya Podshohi Abdulla II;
Marokash Podshohi Muhammad VI;
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o`rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Misr Bosh imomi, “Al Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Tayyib.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.






