AsosiyDunyo

Qirg`iziston bilan chegaradagi otishmada bir nafar tojikistonlik harbiy halok bo`ldi

'Qirg`iziston bilan chegaradagi otishmada bir nafar tojikistonlik harbiy halok bo`ldi'ning rasmi

Tojikiston rasmiylari chegarada o`zaro otishmada yaralangan tojik chegarachisi shifoxonada vafot etganini tasdiqladi. Bu haqda Asiaplust nashri xabar berdi. 

Bu haqda Xatlon viloyatining Do`stlik tumani hokimligi ma`lum qildi. 

“Dafn marosimi bugun, 13 aprel kuni bo`lib o`tdi va ularda hokimiyat vakillari hamda marhum 27 yoshli Zoir Saidumarov xizmat qilgan harbiy qism vakillari ishtirok etdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 12 aprel oqshomida Tojikiston va Qirg`iziston chegarasida ikki davlat chegarachilari o`rtasida navbatdagi otishma sodir bo`lgan edi. Otishma chegaradosh viloyatlar vakillarining uchrashuvidan so`ng to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar