13 aprel kuni dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni yarim milliarddan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma`lumot berdi.
Qayd eitilishicha, umumiy holatlar soni 500 mln 945 ming 819taga etgan.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 6 mln 185 ming 731 kishi vafot etgan.
Yuqtirganlarning umumiy soni bo`yicha AQSh, Hindiston, Braziliya hamon etakchi bo`lib turibdi. AQShda pandemiya boshlanganidan buyon 80 mln 478 mingdan ortiq kishi kasallik yuqtirgan, ularning 986 ming 408 nafari vafot etgan.
Hindistonda kasallanishlar va o`limlar soni mos ravishda 43 mlndan oshdi. Vafot etganlarning soni esa 521,7 mingni tashkil qilmoqa. Uchinchi o`rinda Braziliya egallagan. U erda kasallanganlar soni 30,1 mlndagn oshgan. 661,7 ming kishi infeksiya sabab vafot etgan.






