AsosiyJamiyat

Toshkentda avtomobildan tanasini chiqarib harakatlangan ayolga chorak ko`rildi

'Toshkentda avtomobildan tanasini chiqarib harakatlangan ayolga chorak ko`rildi'ning rasmi

Toshkentda avtomobil ichida o`tirgan yo`lovchi salondan tana qismini chiqargan holda transport vositasidan harakatlangan. Bu haqda poytax IIBB ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, 17 mart kuni taxminan soat 21:00 larda xaydovchi 1986 yilda tug`ilgan M.S. “Chevrolet Lacetti” rusumli davlat raqami 10 J 972WA bo`lgan avtoulovini Chilonzor tumanida boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomobil ichida o`tirgan yo`lovchi 1996 yilda tug`ilgan G.A. Yo`l harakati qoidalarini buzib, salondan tana qismining chiqargan holatda transport vositasida harakatlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi ("Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo`lovchi tomonidan tana qismlarini (qo`ldan tashqari) salondan chiqarish") bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suxbat o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar