O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi Yamandagi urush bo`yicha bayonot berdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
"O`zbekiston Respublikasi Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va o`t ochishni to`xtatish e`lon qilinganini olqishlaydi.
Harbiy harakatlarga vaqtinchalik moratoriy, shuningdek, ushbu mamlakatda qonuniylikni ta`minlash uchun ko`rsatilgan qat`iyat Yamanda keng qamrovli tinchlik va barqarorlikni o`rnatish yo`lida murosaga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblaymiz.
Biz barcha kurashayotgan tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatik yo`l bilan hal qilish uchun vazmin bo`lishga va siyosiy iroda ko`rsatishga chorlaymiz", - deyiladi xabarda.






