Ma`lum bo`lishicha, hodisa piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan piyodaga yo`l berilgan vaqtda sodir bo`lgan.
YHXXning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, voqea bugun soat 07:40 larda, Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining 1070-kilometrida sodir bo`lgan. Shu hududda 1991 yilda tug`ilgan haydovchi S.N. tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan piyodaga yo`l berib to`xtagan vaqtda, bir yo`nalishda ortidan harakatlanib kelgan haydovchi, 2002 yilda tug`ilgan R.Yu. o`z boshqaruvidagi yuk avtomobilini to`xtatishga ulgurmasdan "Matiz" avtomobilining orqa tomoniga to`qnashib boshqaruvni yo`qotgan va yuk avtomobili ag`darilgan. "Matiz" avtomobili o`ng tomon pastlikka tushib ketgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`qligi aytilmoqda.
"Ushbu YTH yuzasidan Jomboy tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






