AsosiyJamiyat

2017 yilda IT sohasi eksporti 600 ming dollar bo`lgan, 2021 yili bu ko`rsatkich 46 million dollarga etdi

'2017 yilda IT sohasi eksporti 600 ming dollar bo`lgan, 2021 yili bu ko`rsatkich 46 million dollarga etdi'ning rasmi

Bu haqda Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning birinchi choragida:

● IT xizmatlari eksporti 16 million dollarni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobar oshdi;

● joylarda qo`shimcha 2 ming 800 ta mobil aloqa stansiyalari o`rnatildi (3 barobar ko`p);

● IT-park tomonidan 1,5 ming yoshlar ish bilan ta`minlanib, umumiy soni 11,5 ming nafarga etdi.  

 2022 yildan barcha yangi qurilgan ko`p qavatli uylar optik internet bilan foydalanishga topshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar