AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman etib bormagan

'O`zbekistonning 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman etib bormagan'ning rasmi

Bu haqda Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishda davlat rahbari ma`lum qildi.

“Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni "drayver" sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga etkazish bo`yicha katta-katta maqsadlarni qo`ydik.  

Bir narsani aniq tushunish kerak. Ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror bir tarmoq oldinga yurmaydi”, dedi davlatimiz rahbari.

Lekin, sohada echimini kutayotgan muammolar va ishga solinmagan imkoniyatlar hali ko`pligi qayd etildi. Jumladan:

- hududlarning optik tolali internet bilan qamrab olish darajasi past - 72 foiz;

- 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman etib bormagan. Shuningdek, magistral avtomobil yo`llarning atigi 38 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Umuman, hududlarda internet sifati va tezligi pastligicha qolmoqda;  

- “O`zbektelekom”ning daromadlari va samaradorligi boshqa mamlakatlar kommunikasiya kompaniyalaridan ancha past" , – deya ta`kidlagan Prezident.

 

    Boshqa yangiliklar