AsosiyJamiyat

Har bir vazirlik, idora va hokimlarning ITga mas`ul o`rinbosari AKT vaziriga bo`ysunadi — Prezident

'Har bir vazirlik, idora va hokimlarning ITga mas`ul o`rinbosari AKT vaziriga bo`ysunadi — Prezident'ning rasmi

Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish davom etmoqda.

“Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat o`z tarkibidagi korxonalar bilan, balki barcha tarmoq va hududlarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan bevosita shug`ullanishi shart”, dedi Prezident.

Endilikda vazirlik rahbariyati har hafta tumanga, qishloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni o`rganadi va hal etib boradi.

Har bir vazirlik, idora va hokimlarning ITga mas`ul o`rinbosari AKT vaziriga bo`ysunadi, ularning ishi har chorakda aniq natijalarga qarab baholanadi.

Davlatimiz rahbari O`zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qo`ydi. Buning uchun:

 

- IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga etkazish;

 

- ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga o`sishini ta`minlash;

 

- joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT-parklarni to`liq ishga tushirish va malakali kadrlar ta`minlash, qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yo`lga qo`yish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta`minlash zarurligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar