AsosiyJamiyat

Prezident “O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini transformasiya qilish masalasiga to`xtaldi

'Prezident “O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini transformasiya qilish masalasiga to`xtaldi'ning rasmi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O`zbektelekom” jahonning nufuzli aloqa kompaniyalariga o`xshab, davlatga yuqori daromad keltiruvchi, sifatli xizmatlarni eksport qiluvchi, yuqori texnologik, daromadli va namunali kompaniya bo`lishi kerak”, dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yilda kompaniyaning  operasion xarajatlari va tannarxini 15 foizga qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini ta`minlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Yig`ilishda hozirgi murakkab vaziyatda kiberxavfsizlik masalasiga e`tiborni kuchaytirish zarurligi ko`rsatib o`tildi. Joriy yil birinchi chorakning o`zida axborot tizimlariga chetdan 200 tadan ortiq kiberhujum uyushtirilgan.

“Shuning uchun bugun kiberxavfsizlik to`g`risida Qonunni imzoladim. Bu yangi qonun hozirgi zamon tahdidlariga qarshi kurashish uchun huquqiy asos bo`ladi”, dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar