AsosiyJamiyat

Birinchi yarim yillikda davlat idoralaridagi 50 ta, yil yakuniga qadar yana 120 ta axborot tizimlari tanqidiy ko`rib chiqiladi

'Birinchi yarim yillikda davlat idoralaridagi 50 ta, yil yakuniga qadar yana 120 ta axborot tizimlari tanqidiy ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Yig`ilishda barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining xavfsizlik darajasini o`rganishga ko`rsatma berildi.  Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunda, birinchi yarim yillikda davlat idoralaridagi 50 ta, yil yakuniga qadar yana 120 ta axborot tizimlari tanqidiy ko`rib chiqiladi.

Axborot xavfsizligiga e`tiborsiz bo`layotgan rahbarlar mas`uliyati ko`rib boriladi.

Sohada ilm-fan va ta`limni rivojlantirish ustuvor vazifa bo`lishi kerakligi, bugungi kunda iqtisodiyotni raqamlashtirish uchun kamida yana 12 ming nafar yuqori malakali mutaxassislarga talab borligi ta`kidlandi.

AKT vazirligiga ikki oy muddatda Axborot texnologiyalari universitetini tayanch ilm-fan va ta`lim klasteriga aylantirish bo`yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Zamonaviy “IT-park” universitetini tashkil etish, Jizzaxda 2-bosqich talabalarini asosiy mutaxassisligi bilan birga qo`shma ta`lim dasturlari orqali IT fanlariga chuqur o`rgatish bo`yicha qaror loyihalarini kiritish vazifasi qo`yildi.

Yig`ilish yakunida vazirlik rahbariyati muhokama qilingan masalalar yuzasidan axborot berdi.

    Boshqa yangiliklar