AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ayrim ko`chalar vaqtinchalikga yopilmoqda

'Toshkentdagi ayrim ko`chalar vaqtinchalikga yopilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligining xabariga ko`ra, yo`l ta`mirlash ishlari sababli,  qator ko`chalarida transport harakati vaqtincha cheklanib, yo`llarning bir tarafi yopiladi:

 Yunusobod tumanidagi Bog`ishamol ko`chasi;

— Shayxontohur tumanidagi Labzak ko`chasi;

— Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko`chasi;

— Olmazor tumanidagi Sag`bon va Abdulla Nabiev ko`chalari chorrahasi;

— Uchtepa tumanidagi Istirohat ko`chasi.

Mazkur ko`chalarda 15 aprel kuni soat 6:00 dan boshlab  transport harakati to`liq tiklanadi.

"Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar