Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog`ini butunlay sotib olmoqchi. Bu haqda G`arb OAV xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, Tesla asoschisi Twitter' ni 41,4 mlrd dollar evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda. Ya`ni, u ijtimoiy tarmog`ning har bir aksiyani 54,20 dollardan xarid qilmoqchi.
"Bu mening so`nggi taklifim emas. Agar mening taklifim qoniqtirmasa, uni yaxshilashim mumkin", - dedi Mask.
Ma`lumot uchun, 2 aprel kuni Mask Twitter kompaniyasining 9,2 foiz aksiyasini sotib olgani ma`lum bo`lgandi.






