AsosiyJamiyat

Surxondaryoda uka o`z opasining qimmatbaho taqinchoqlarini o`g`irladi

'Surxondaryoda uka o`z opasining qimmatbaho taqinchoqlarini o`g`irladi'ning rasmi

Joriy yilning 29 mart kuni viloyat IIBga Denov tumanida yashovchi fuqarodan murojaat  kelib tushadi. Murojaatda uning o`z ukasi tomonidan 1 dona 12 mln so`mlik tilla zanjir va 1 dona 1,2 mln so`mlik tilla uzuk o`g`irlab ketilgani ma`lum qilingan. Bu haqda IIV ma`lum qildi. 

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur o`g`irlik haqiqatan ham uning o`z ukasi tomonidan sodir etgani aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar