AsosiyJamiyat

Erni o`zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag`batlantiriladi

'Erni o`zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag`batlantiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (183-son, 14.04.2022 y.) bilan Davlat er va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, er nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Ekologiya qo`mitasi tomonidan o`tkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Er nazorati quyidagi asoslarga ko`ra 10 ish kunidan ko`p bo`lmagan muddatda o`tkaziladi:

  • ️er monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;
  • ️elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;
  • ️er qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko`ra;
  • ️OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;
  • ️sud va boshqa organlarga erga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

Kadastr nazorati kadastrni yuritishga mas`ul organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun axborot berish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastrga oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

️Erni o`zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so`m) miqdorida rag`batlantiriladi.

    Boshqa yangiliklar