AsosiyJamiyat

Jahon bozorida mineral o`g`itlar va yoqilg`i narxi 2 baravarga oshishi klaster, fermer va dehqonlarning mahsulotlari tannarxiga ta`sir qiladi

'Jahon bozorida mineral o`g`itlar va yoqilg`i narxi 2 baravarga oshishi klaster, fermer va dehqonlarning mahsulotlari tannarxiga ta`sir qiladi'ning rasmi

Prezident raisligidagi videoselektor yig`ilishida mart oyida dunyo bo`yicha oziq-ovqat narxlari 2021 yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshgani qayd etildi.

Ta`kidlanishicha, yil boshidan jahon bozorlarida bug`doy narxi — 20 foiz, makkajo`xori — 19 foiz, ozuqa donlari — 20 foiz va o`simlik yog`i — 23 foizga ko`tarildi.

Joriy yilda yog`ingarchilik hisobiga, vodiy, Toshkent viloyati va Samarqandda suv zaxirasi 20 foizga ko`paygani bilan, Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmda suv ta`minoti bo`yicha qiyinchiliklar bo`lishi aytildi.

2022 yilda 7,7 mln tonna bug`doy va 23 mln tonna meva-sabzavot etishtirib, 1,5 mlrd dollar eksportni ta`minlash zarur — Prezident

«Hozirgi kunda 80 ming gektar paxta va g`alla maydonlari qisqartirilib, 254 ming aholiga ochiq tanlov asosida berildi. Bu — oziq ovqat etishtirish uchun har bir tumanda qo`shimcha 500 gektar ekin maydoni, degani», — dedi davlatimiz rahbari.

 Mutasaddilarga ikki hafta muddatda:

● hosildor urug` navlarini joylarga etkazib, dala yarmarkalarini o`tkazish;

● er maydonlarida «bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida ekinlar ekishni tashkil qilish;

● mahsulotni kafolatli xarid qilish bo`yicha shartnomalar tuzish ishlarini jadal tashkil qilish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar