Prezident 2022 yil 1 iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma`murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini e`lon qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining Matbuot kotibi hozir bo`lib o`tayotgan yig`ilishdan.
Unga ko`ra, ushbu sanadan boshlab,
- mol-mulk solig`ini hisoblash tizimi bozor tamoyillariga o`tkazilganini inobatga olib, qo`shimcha yuqori soliq stavkalarini qo`llash tartibi bekor qilinadi.
- aylanmasi 1 milliard so`mdan oshgan tadbirkorlarga qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi guvohnomasi dastlabki o`rganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.
- tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish uchun endi 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekshiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).
- yuqori xavf darajasi mavjud bo`lgan tadbirkorlarga qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi guvohnomasini to`xtatib qo`yishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi.






