Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida dunyoda sodir bo`layotgan voqealar sabab jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`tgan asrning 80-yillaridagidan ham yuqori darajalarda o`sayotgani alohida ta`kidlandi.
Xususan, mart oyida dunyo bo`yicha oziq-ovqat narxlari 2021 yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshdi.
Ayniqsa, yil boshidan jahon bozorlarida bug`doy narxi – 20 foiz, makkajo`xori – 19 foiz, ozuqa donlari – 20 foiz va o`simlik yog`i – 23 foizga ko`tarildi.
Joriy yilda yog`ingarchilik hisobiga, vodiy, Toshkent viloyati va Samarqandda suv zaxirasi 20 foizga ko`paygani bilan, Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmda suv ta`minoti bo`yicha qiyinchiliklar bo`ladi.






