O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Dilshod Mutalibovich Kenjaev Prezident ta`lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Dilshod Kenjaev 1977 yil 3 yanvarda Andijon viloyatida tug`ilgan. Tarix fanlari nomzodi. 2000 yil O`zbekiston Milliy universitetining bakalavr bosqichini, 2002 yilda magistratura bosqichini bitirgan.
2006 yilgacha Toshkent shahridagi 191-maktab tarix fani o`qituvchisi bo`lgan. 2006−2012 yillarda Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Ijtimoiy fanlar va ma`naviyat asoslari" kafedrasida katta o`qituvchi, mudir, ma`naviy ma`rifiy va ilmiy ishlar bo`yicha prorektor bo`lib ishlagan.
2015−2017, 2017−2018 yillarda Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari bo`lgan. 2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, san`at va yoshlar siyosati masalalari ATD Yoshlar siyosati va ma`naviy rivojlantirish masalalari sho``basi mudiri bo`lib ishlagan.
2018 yildan 2021 yilga qadar Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari edi.






