AsosiyJamiyat

Andijonda Qirg`izistonga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga ko`chirib berish evaziga 7 ming dollari talab qilgan firibgar qo`lga olindi

'Andijonda Qirg`izistonga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga ko`chirib berish evaziga 7 ming dollari talab qilgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.R.ning arizasiga asosan Andijon IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda yana bir korrupsion holatning oldi olindi. Bu haqda IIV ma`lum qildi

Xususan, o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro M.U ariza muallifidan uning dugonasining o`g`li va kelinini Qirg`iziston Respublikasi Osh davlat universitetining «Pedagogika» yo`nalishiga o`qishga kiritib, so`ng ularning o`qishini Andijon davlat universitetiga ko`chirib berishda o`zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yordam berishini aytib, buning evaziga jami talab qilingan 7000 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar